Ayrton Preciado
Eduard Ayrton Presiado Garsiya (talaffuzi: Eduard Ayrton Presiado Garsiya) — 1994-yil 17-iyulda Ekvadorning Esmeraldas shahrida tugʻilgan. „Santos Laguna“ klubi va Ekvador terma jamoasi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Eduar Ayrton Preciado García | ||
Tavallud sanasi | 17-iyul 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Esmeraldas, Ekvador | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Santos Laguna | ||
Raqami | 32 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2013 | Deportivo Quito | 15 | (0) |
2013—2014 | Trofense | 37 | (6) |
2014—2015 | Leixões | 14 | (2) |
2015—2016 | Aucas | 57 | (12) |
2017—2018 | Emelec | 56 | (23) |
2018- | Santos Laguna | 51 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
2017- | Ekvador | 26 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (24-yanvar uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayrton Preciado „Deportivo Quito“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 17-sentabrda „Imbabura“ bilan oʻyinda u Ekvador Primerasida debyut qildi[1]. Birinchi mavsumida Presiado mamlakat chempioniga aylandi. 2013-yilning yozida u Portugaliyaning „Trofense“ jamoasiga oʻtdi[2]. 10-avgust kuni Ayrton Segunda ligasida Lissabon „Benfica“ oʻrinbosarlariga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2-oktabr kuni „Aves“ga qarshi duelda Presiado „Trofensi“ uchun birinchi golini urdi[3].
2014-yilning yozida Ayrton „Leixões“ klubiga qoʻshildi. 17-sentabr kuni „Freamunde“ qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 21-sentabr kuni oʻzining sobiq jamoasi „Trofensega“ qarshi bahsda Presiado klub uchun birinchi golini urdi[5].
2015-yilning yozida Ayrton „Aucas“ bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. 12-iyul kuni „River Plate“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 23-avgust kuni „Barcelona“ga qarshi duelda Presiado „Aucas“ uchun birinchi golini urdi[7].
2018-yilning yozida Presiado Meksikaning „Santos Laguna“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 6,8 million yevroni tashkil qildi. 6-avgust kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primerasida debyut qildi[8]. 2019-yilning 17-fevralida „Cruz Azul“ga qarshi duelda Ayrton „Santos Laguna“ uchun birinchi golini urdi[9].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 23-fevralida Presiado Ekvador terma jamoasi safida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi[10]. 2019-yil 10-iyun kuni Meksika terma jamoasiga qarshi duelda Ayrton terma jamoadagi ilk golini urdi[11].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Deportivo Quito Ekvador | 2011 | 7 | 0 | — | — | 7 | 0 | ||
2012 | 8 | 0 | — | — | 8 | 0 | |||
2013 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
Jami | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 | |
Trofense | 2013-14 | 37 | 6 | 1 | 0 | Inexistentes | 38 | 6 | |
Jami | 37 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 38 | 6 | |
Leixões | 2014-15 | 14 | 2 | — | — | 14 | 2 | ||
Jami | 14 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 2 | |
Aucas Ekvador | 2015 | 18 | 4 | — | — | 18 | 4 | ||
2016 | 39 | 8 | — | 2 | 0 | 41 | 8 | ||
Jami | 57 | 12 | 0 | 0 | 2 | 0 | 59 | 12 | |
C. S. Emelec Ekvador | 2017 | 38 | 14 | — | 8 | 3 | 46 | 17 | |
2018 | 18 | 9 | — | 6 | 1 | 24 | 10 | ||
Jami | 56 | 23 | 0 | 0 | 14 | 4 | 70 | 27 | |
Santos Laguna Meksika | 2018-19 | 26 | 2 | 3 | 1 | — | 29 | 3 | |
2019-20 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | |
2020-21 | 11 | 3 | — | 0 | 0 | 11 | 3 | ||
2021-22 | 12 | 4 | — | 0 | 0 | 12 | 4 | ||
2022-23 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | |||
Jami | 52 | 9 | 3 | 1 | 2 | 0 | 57 | 10 | |
Umumiy karyerasida | 231 | 52 | 4 | 1 | 18 | 4 | 253 | 57 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депортиво Кито VS. Имбабура 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2011-yil). 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Трофенси VS. Бенфика II 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (10-avgust 2013-yil). 3-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Авеш VS. Трофенси 4:1“ (inglizcha). soccerway.com (2-oktabr 2013-yil). 8-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Фреамунде VS. Лейшойнш 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2014-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Лейшойнш VS. Трофенси 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (21-sentabr 2014-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Аукас VS. Ривер Плейт Гуаякиль 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (12-iyul 2015-yil). 27-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Аукас VS. Барселона Гуаякиль 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-avgust 2015-yil). 7-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Сантос Лагуна VS. Пуэбла 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (6-avgust 2018-yil).
- ↑ „Крус Асуль VS. Сантос Лагуна 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-fevral 2019-yil).
- ↑ „Эквадор VS. Гондурас 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-fevral 2017-yil). 15-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2017-yil.
- ↑ „Мексика VS. Эквадор 3:2“ (inglizcha). soccerway.com (10-iyun 2019-yil). 14-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.